YTTB Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi” — Liliana de Sa Kirxknopf .

YTTB shu kunga qadar O‘zbekiston bilan hamkorlikda jami 164 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 52 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

YTTB kengashi direktori Liliana de Sa Kirxknopf bank hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholashini va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyot, energetika va transport sohalaridagi loyihalarni YTTB tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

YTTB shu kunga qadar O‘zbekiston bilan hamkorlikda jami 164 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 52 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

Fevral oyida YTTBning O‘zbekistondagi rahbari Andi Aranitasi “Daryo” bilan suhbatda bankning barqaror va inklyuziv o‘sish sari kuchli intilishidan dalolat beruvchi mamlakatdagi ulkan tashabbuslari va loyihalari haqida gapirgan edi.

Unda YTTB moliyalashtirish mexanizmlari orqali yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishgani aytilgan edi. Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish asosining uy xo‘jaliklarini qamrab olish uchun kengaytirilishi energiya samaradorligi va barqaror amaliyotga nisbatan kengroq majburiyatni aks ettiradi.

Bundan tashqari, “Ishbilarmon yoshlar va ayollar” dasturlari kam taʼminlangan jamoalarga moliyaviy va texnik yordam olish imkoniyatini taklif qilish orqali ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

🥳BABY ERKATOY bolalar o’yingohiga marhamat‼️

👼Galaosiyo shahri markazida Baby bolalar ko’ngilochar dam olish o’yingohi borligini bilarmidingiz..?Unda bilib oling, bu erda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan