Yangi yil bayrami bolalar quvonchi, shodligi bilan yanada fayzli

Bolajonlar Yangi yil bayramini orziqib kutadilar. Chunki shirinlik va o‘yinchoqlardan iborat bayram sovg‘alari ularga bir olam zavq ulashadi. Ayniqsa, Yangi yilni xonadonida emas, kasalxonada qarshi olayotgan bemor bolalar uchun bu orzudek gap.

Bugun Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov boshchiligidagi sektor rahbarlari tuman markaziy shifoxonasida davolayotgan jajji kichkintoylar va bemorlarni bayram bilan qutlash maqsadida kasalxonaga bordilar.

Bolajonlar Yangi yilda tezroq tuzalib, xonadonlarda sog‘-salomat yurishlarini tiladilar hamda ularga Qorbobo va qorqiz ishtirokida sovg‘alarni ulashdilar. Bemorlarni davolayotgan shifokorlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Tuman rahbarlarining bu tashrifidan bolajonlar va ularning ota-onalarining ko‘ngillari shod bo‘ldi.

Rasmiy veb sayt: www.world7.uz
Murojaat yo’llash: @world7uz
Reklama: +998906352231
Rasmiy OAVga a’zo bo’ling!
👉https://t.me/world7uznews

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

ХУШХАБАР‼️ БУХОРО ЯНА ТРЕНДДА: 3 НАФАР ЧАҚАЛОҚ СОҒЛОМ ДУНЁГА КЕЛТИРИЛДИ (видео)

Бухорода 3 нафар эгизак чақалоқ дунёга келди, дея хабар беради Бухоро вилоятидаги Халқаро тоифадаги мустақил …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan