Uzbekistan Airways талабалар учун 50 фоизгача чегирма эълон қилди.

Ўрта махсус, касб-ҳунар ва олий таълим муассасалари талабалари барча маҳаллий авиақатновлар эконом-класс авиачипталари тарифлари учун 50 фоизгача чегирмадан фойдаланиши мумкин.

Чегирма 2024 йил 23 декабрдан 2025 йил 7 январга қадар амалга ошириладиган авиақатновлар учун амал қилади.

O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 23-dekabrdan 2025-yil 7-yanvargacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalariga 50 foizgacha chegirma beriladi.

Chegirma davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilariga 2024/25-o‘quv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan boshlanadi va 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilarining qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida Transport vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda talaba va o‘quvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularning hududlarga harakatlanish imkoniyatini oshirish maqsadida har yili qishki ta’til kunlari ularning yashash joylariga borishlari va ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida qaytib kelishlari uchun vaqtincha ko‘paytirilgan transport vositalari qatnovini yo‘lga qo‘yishi lozimligi belgilangan.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan