Holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Xususan, Shayxontohur tumanida “B.” uy-joy shirkati jami 17 dona elektr hisoblagichdan 9 tasiga tashqi taʼsir ko‘rsatgan holda 726 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Shuningdek, Olmazor tumanida “F.T.” MCHJ foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirmagan. Natijada taʼminot korxonasiga 1 mlrd 159 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, Olmazor tumani O.Bobojonov ko‘chasi, 20-uy manzilidagi turar joy binosining elektr hisoblagichi HET Billing tizimiga kiritilmasdan foydalanilgan. Natijada taʼminot korxonasiga 862,2 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari ortib bormoqda
O‘zbekistonning turli hududlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Ushbu holatlarning aksariyatida miqdor mlrd so‘mdan ortiq. Xususan, Sirdaryoda 683 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxs ushlangan edi.
Shuningdek, Sirdaryodagi maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasida 325 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlangandi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkentda jami 2 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani haqida xabar berilgan edi.
Bundan tashqari, Angrendagi metan zapravkada 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.