Toshkentdagi oliygoh mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

740 mln so‘mlik ish haqi ortiqcha to‘lanib, byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, agentlikka kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 million so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan