Toshkentdagi 73 ta ko‘chada avtobuslar uchun yo‘lak tashkil etiladi

Toshkent shahridagi 73 ta asosiy ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etiladi. Bu haqda prezident majlisida ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, chorrahalar o‘tkazuvchanligini oshirish dasturi ishlab chiqilgan. Bu orqali avtobuslar o‘rtacha tezligi 1,5 baravar oshib, kechikishlar bartaraf etiladi.

Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

  • o‘z hududida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlab, ishlarni boshlash;
  • namunaviy bekat loyihasini ishlab chiqib, tadbirkorlarga reklama va bankomat xizmatlarini tashkil qilish uchun vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini kiritish topshirildi.

Ayni paytda hududlar rahbarlari va soha mutasaddilari berilgan topshiriqlar ijrosini qanday tashkil etishi yuzasidan axborot bermoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Ички ишлар вазири ўзгарди(видео)

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Тошкент шаҳар ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи лавозимини эгаллаб келган …