Ko‘chadan 8 ming dollar va 50 mln so‘m topib olgan IIB xodimi pullarni egasiga qaytardi

Yirik miqdordagi pullarni topib olgan IIB xodimi bu haqda telegram kanallarda e’lon bergan va shu yo‘l bilan pullarni yo‘qotgan yigitni topib, unga omonatini topshirgan.

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, viloyat IIB tashkiliy boshqarma katta inspektori Alibek Ballasov ko‘chadan topib olgan katta miqdordagi pullarni egasiga qaytargan.

Ma’lum bo‘lishicha, inspektor yakshanba kuni oilasi bilan dam olishga ketayotganda Samarqand shahar Shodiyona mahallasi hududida sumkacha topib olgan.

U sumkachani ochib ko‘rganida 8 ming dollar va 50 mln pul borligini ko‘rgan. Inspektor mahalla profilaktika inspektori hamda mahalla raisining oldiga borib mahalla ahli tomonidan ochilgan telegram kanallarda ichida pullar bo‘lgan sumkacha topib olgani haqida e’lon bergan.

Keyingi kun ertalab fuqarolardan biri unga aloqaga chiqqan va mashinadan yuk tushirayotganida ichida 8 ming dollar va 50 mln so‘m bo‘lgan sumkachasi tushib qolgani haqida aytgan.

O‘zaro suhbat davomida sumkacha shu fuqaroga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan. IIB xodimi uning omonatini qo‘liga topshirgan.

«Sumkachani qayerda tushirib qo‘yganimni bilmaganim uchun uni ancha izladik. Biroq ertalabgacha topilmagan. Ertalab telegramdagi gruppalardan birida topib olingan sumkacha haqida e’lon berilgani haqida xabar topdik. E’londagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib sumkachaning ichida bo‘lgan pul miqdorini aytganimda sumkacha meniki ekani oydinlashdi», deydi yigit.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Ички ишлар вазири ўзгарди(видео)

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Тошкент шаҳар ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи лавозимини эгаллаб келган …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan