
Tibbiyotda amaliyot va nazariya bir vaqtda olib borilishi kasallikka aniq tashxis qo’ishdan tashqari uning samarali davolanishiga ham aniq zamin yaratadi. Bu borada Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi ko’plab yutuqlarga erishgan jamoaa hisoblanadi.

O’tgan davr mobaynida mahalliy professorlar bilan birga, xalqaro darajaga ega bo’lgan olimlar tomonidan ham ushbu maskanda maruzalar tashkil etilib yosh olimlar nazariy tajribasi boyitildi.

Bu galgi mavzu endokrinologiya va gipertoniya kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, asoratlari,tashxis va davolash usullari haqida bo’ldi.

Ilmiy nazariy anjuman davomida tinglovchilar qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Bu kabi tadbirlar kelgusi ish rejalariga davomiy kiritilgan.
PR-jamoatchilik bilan aloqalar oliy ma’lumotli mutaxassisi Uchqun Tursunov tomonidan tayyorlandi Muallif bilan bog’lanish: +998906352231