Tataristondagi yong‘inda halok bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlik shaxsiga aniqlik kiritildi

Ularning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Bosh konsulxona axborotida keltirilishicha, yong‘in 24-dekabr ertalab soat 3:00 larda Tatariston Respublikasida Yelabuga munitsipal tumanida joylashgan “MIR” chorvachilik fermasining inshootida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi (1976-yilda tug‘ilgan A.B., 1965-yilda tug‘ilgan X.X., 1970-yilda tug‘ilgan J.U., 1995-yilda tug‘ilgan B.N. va 2002-yilda tug‘ilgan S.D.) halok bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, tezkor ravishda Bosh konsulxona diplomatlari voqea joyiga safarbar etilgan. Halok bo‘lganlarning jasadlarni vatanga qaytarish ishlarini tashkil etishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda Tatariston rahbariyati va vakolatli organlar tomonidan amaliy yordam va ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Yong‘in oqibatida jami 6 kishi halok bo‘lgandi. Ayni paytda Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanish mumkin: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.
17-dekabr kuni Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi avtohalokatda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan