
2020-yilda sanoat korxonalari soni 86 652 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib bu ko‘rsatkich 113 979 taga yetgan.Avvalroq O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgani ma’lum qilingandi.2024-yilning III choragida O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshgan bo‘lsada, 2023-yilgi darajada emas. Xususan, iyul-sentyabr oylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni 352,8 mingtani tashkil qilib, II-chorakdagiga nisbatan 76,8 mingtaga (27,8 foizga) ko‘paydi. Biroq bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davridagiga nisbatan 19,9 foiz kam.
Tahlillar tijorat banklari tomonidan ajratilgan avtokreditlar va aholining tasarrufdagi daromadlari avtomobil bozoridagi faollik darajasiga taʼsir etuvchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, 2021-yil yanvar oyidan 2024-yil sentyabr oyigacha bo‘lgan davrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomobillar soni va aholiga ajratilgan avtokreditlar hajmi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,72), shuningdek, aholi daromadlari va avtomobillar savdosi o‘rtasida (korrelyatsiya koeffitsiyenti = 0,42) mavjudligi aniqlandi. Maʼlumot uchun, 2023-yilning IV choragida har oyda o‘rtacha 154,8 mingta avtomobillar oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzolangan.Avtokreditlarning sezilarli darajada kamayishi sharoitida, avtomobil korxonalari va dilerlar tomonidan ayrim avtomobillar savdolari uchun chegirmalarning kiritilishi, foizsiz muddatli to‘lovlarning joriy etilishi bozorda o‘tgan yillar darajasidagi talabni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar sifatida qaralishi mumkin.