Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Xushnud” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti, hududdagi o‘zgarishlar bilan tanishdi.

“Bugun kelishimizdan maqsad qabul qilayotgan qarorlarimiz natijasini, odamlar hayotini ko‘rish. Xuddi bu tumandagiday, har bir hududni rivojlantirish, odamlarga qulayliklarni va ish joylarini ko‘paytirishga harakat qilayapmiz”, deydi davlat

rahbari.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Xushnud” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti, hududdagi o‘zgarishlar bilan tanishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mahalla yangi – 2021-yil tashkil etilgan. Bu yerdagi 48 ta ko‘p qavatli uy hamda 625 ta hovlida 11 mingdan ziyod aholi yashaydi. Bolalar bog‘chasi, sport maktabi, oilaviy poliklinika, xususiy klinika, ishlab chiqarish korxonalari, do‘kon va maishiy xizmat shoxobchalari bor. Bu yil 49 ta mikroloyiha orqali 116 nafar fuqaro bandligi taʼminlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvallari bu joylar chekka, ko‘rimsiz edi. 2018-yildan boshlab zamonaviy uylar, bolalar o‘yingohi va sport maydonchalari qurildi. Atrof obodonlashtirildi.

Mahallaning uch qavatli binosi ham shu yil yangi bunyod etildi. Uning birinchi qavatida mahalla raisi va xodimlarining xonalari, kutubxona, jadidlar burchagi joylashgan. Yuqori qavatlarda aniq fanlar va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi, fitnes zal faoliyat olib bormoqda. Yerto‘la qismida yoshlarni kasbga yo‘naltiruvchi monomarkaz tashkil etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari ushbu sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Mahalla faollari va nuroniylar bilan suhbatlashdi. Ular so‘nggi yillarda Yangihayot tumani jadal o‘zgargani, yangi transport yo‘llari va korxonalar qurilib, hayot jonlanganini aytishdi.

“Bugun kelishimizdan maqsad qabul qilayotgan qarorlarimiz natijasini, odamlar hayotini ko‘rish. Xuddi bu tumandagiday, har bir hududni rivojlantirish, odamlarga qulayliklarni va ish joylarini ko‘paytirishga harakat qilyapmiz. Shu bilan birga, taʼlim-tarbiyaga, madaniyatga katta eʼtibor qaratyapmiz. Bilim va maʼnaviyat mustahkam bo‘lsa, iqtisodiyot ham yaxshi rivojlanadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident mahalladagi 150 o‘rinli, zamonaviy sharoitlar yaratilgan xususiy bog‘cha faoliyati bilan ham tanishdi. U joriy yilda foydalanishga topshirilgan 16 qavatli uyning birinchi-ikkinchi qavatida joylashgan. Muassasa xonalarini jihozlashda zamonaviylik va milliylik uyg‘unlashuviga alohida eʼtibor qaratilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mahallada yosh bolali ayollar ko‘p. Ular uchun shu yerga yaqin joylarda tikuvchilik, qandolatchilik kabi yo‘nalishlarda ish o‘rinlari yaratilmoqda. Mazkur bog‘cha ular uchun ancha qulay bo‘ldi. Ko‘ngli xotirjam ish bilan band bo‘ladi, oilasiga qo‘shimcha daromad keltiradi.

Mamlakatda muhim dasturlar aynan mahallalarda amalga oshirilayotgani, tizimga katta vakolat va imkoniyatlar berilayotgani taʼkidlandi. Bu ishlar ulardagi obodlik, aholi farovonligida ifodasini topayotgani qayd etildi.

Haqida newsadmin

xabar berdi.

Boshqa yangilik

🥳BABY ERKATOY bolalar o’yingohiga marhamat‼️

👼Galaosiyo shahri markazida Baby bolalar ko’ngilochar dam olish o’yingohi borligini bilarmidingiz..?Unda bilib oling, bu erda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan