Samarqandda ehtiyojmand oilalarga tarqatiladigan 50 tonna ko‘mirni sotayotgan ombor mudiri va qorovuli ushlandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, “Ko‘mirtaʼminot” MCHJning Samarqand filiali “Maroqand” ko‘mir ombori mudiri J.P. soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ehtiyojmand oilalarga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni fuqaro A.A.ga 37,5 mln so‘mga sotishga kelishgan.

Shundan 13,2 tonna ko‘mirni ombor qorovuli X.J. yordamida yetkazib bergan. Kelishilgan pullar hisobidan 28 mln so‘mni olgan vaqtida esa ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘mir sotayotgan shaxslar

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 388,8 mln so‘mlik, jami 451,4 tonna imtiyozli ko‘mir qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlangandi.

Shuningdek, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘mir ta’minotidagi talon-torojliklar fosh etilgandi.

Bundan tashqari, Surxondaryoda esa 1,4 tonna ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlangani xabar qilingandi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

🥳BABY ERKATOY bolalar o’yingohiga marhamat‼️

👼Galaosiyo shahri markazida Baby bolalar ko’ngilochar dam olish o’yingohi borligini bilarmidingiz..?Unda bilib oling, bu erda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan