2023/24-o‘quv yilida maktab o‘quvchilari nufuzli olimpiadalarda 128 ta medal qo‘lga kiritdi.


“Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, eʼtirofga sazovor bo‘lishdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz.

Yosh qahramonlarimizni chin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat g‘alabalarga to‘la katta yo‘lning boshlanishi bo‘lsin. O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida!, deb yozadi Prezident yordamchisi.

