Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalari olib kelindi

Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish birinchi marta amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan olib borilgan maqsadli muzokaralar samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik bolalarni Mordoviyadagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan Bolalar uyidan olish bo‘yicha kelishuvga  erishildi.

Voyaga yetmagan bolalar diplomatlar, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va mamlakatimiz tibbiyot xodimlari hamrohligida qabul qilib olindi.

Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.

Xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar

Avgust—sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Oktyabr oyida Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik chaqaloq O‘zbekistonga, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Moskvadagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. O‘sha oyda Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Noyabrda Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi. Dekabrda Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan