Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi  

Aviatexnika Bokudan Grozniyga uchayotgan bo‘lgan.

Qozog‘istonning Aqtau shahrida Bokudan Grozniyga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Hodisa joyiga Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 52 nafar shaxsiy tarkibi va 11 ta texnikasi yetib kelgan. Samolyot qulab tushganidan keyin yong‘in boshlangan. Qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni o‘chirishga kirishdi. Hozirda jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda, tirik qolganlar borligi haqida oldindan xabar berilmoqda.

Halokatga uchragan samolyot Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Vazirlik Bokudan Grozniyga uchayotgan bo‘lganini tasdiqlagan. Bortda 67 nafar yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan