Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Namanganda DXSH bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “O.D.” MCHJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln so‘mlik 609,9 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ko‘mir sotayotgan shaxslar
Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 388,8 mln so‘mlik, jami 451,4 tonna imtiyozli ko‘mir qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlangandi.
Shuningdek, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘mir ta’minotidagi talon-torojliklar fosh etilgandi.
Bundan tashqari, Surxondaryoda esa 1,4 tonna ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlangani xabar qilingandi.