Prezident Zangiotadagi Grand Pharm Logistics Hub logistika markazini borib ko‘rdi

Mutasaddilarga dorilarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Grand Pharm Logistics Hub faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ushbu logistika markazi Tashkent Pharma Park innovatsion klasteri hududida o‘n gektar maydonda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lib, uch qavatli maʼmuriy bino, omborlar, mehmonxona, oshxona va yotoqxona qurilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mahsulotlarni saqlash joyi 50 ming kvadrat metr. Bu yerda katta hajmdagi farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida qabul qilish, saqlash va tarqatish imkoniyati mavjud. Bu bosqichlar to‘liq raqamlashtirilgan.
Davlatimiz rahbari ushbu jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Logistika markazi Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteridagi boshqa ishlab chiqaruvchilarga ham qo‘l keladi. Mahsulotlarni saqlash va eksport qilishlarida xalqaro “SAP” tizimi orqali amaliy yordam beriladi. Buning uchun dori vositalari sifatini taʼminlash bo‘yicha “GDP” va “GSP” sertifikatlari hamda bojxona ombori, xalqaro yuklarni tashish uchun litsenziyalar mavjud.  
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu boradagi talablarni taʼminlash uchun xalqaro standartlarga muvofiq havoni sovutish tizimlari o‘rnatilgan. Yuklarni ortish paytida ham harorat mo‘tadilligi taʼminlanadi. Yigirmadan ortiq yuk mashinalarida tashish xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Majmuada bunday transportlar uchun turargoh va texnik xizmat ham tashkil etilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugungi kunda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polsha, Fransiya, Vengriya, Ruminiya va Turkiya kabi davlatlar bilan logistik aloqalar o‘rnatilgan. Bu geografiya yildan yilga kengayib bormoqda.
Mutasaddilarga mahsulotlarni saqlash va rasmiylashtirishda qulayliklarni oshirish, tannarxni kamaytirib, dorilarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Kompaniya farmatsevtika bozorini muntazam o‘rganib, tibbiyot sohasidagi ehtiyojlarni ham tahlil qilib boradi. Natijada yetkazib berish yo‘nalishi ko‘lami kengayib bormoqda. Ushbu korxona mamlakatimiz hududi bo‘ylab 7 ming 500 dan ortiq dorixonaga tovarlar yetkazib beradi. Shuningdek, onlayn dorixona xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi hamkorlar soni ham ortmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yerda GPH Academy loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qator oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilinmoqda. Uchta taʼlim dargohida amaliy mashg‘ulot xonalari tashkil etildi. Uch ming nafar farmatsevt malaka oshirish kurslaridan o‘tdi. O‘ttiz nafarga yaqin talaba ushbu loyihaning stipendiya va grantlariga ega bo‘ldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati



Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

🥳BABY ERKATOY bolalar o’yingohiga marhamat‼️

👼Galaosiyo shahri markazida Baby bolalar ko’ngilochar dam olish o’yingohi borligini bilarmidingiz..?Unda bilib oling, bu erda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan