“O‘zgidromet” fevral oyida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” fevral oyida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, fevral oyining birinchi o‘n kunligida harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, ba’zi joylarda 10-12 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

O‘n kunlik nisbatan yog‘ingarchilikka boy bo‘ladi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarda qorga aylansa ham, asosan, yomg‘ir yog‘adi.

Keyinchalik, fevral oyining oxirigacha harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 12-17 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor va yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Ички ишлар вазири ўзгарди(видео)

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Тошкент шаҳар ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи лавозимини эгаллаб келган …