“O‘zgidromet” 27-dekabrga prognozni e’lon qildi

Unga ko‘ra, juma kuni ham yog‘ingarchiliksiz o‘tadi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, baʼzi joylarda 12 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduz 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilib borib, kechalari kuzatilayotgan sovuq asta-sekin kuchsizlanishi prognoz qilingandi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan