O‘zbekistonda poyezd yo‘lovchilariga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati e’lon qilindi 

Hujjatga ko‘ra, yo‘lovchilarga yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar kabilar bepul beriladi.

Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

  • Temiryo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar ro‘yxati;
  • Temiryo‘l transporti sohasida bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati;
  • Temiryo‘l transporti sohasida iste’molchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.

Ro‘yxatga ko‘ra, termiryo‘l xizmatidan foydalanuvchilarga aravacha, chiptasi bo‘lgan yo‘lovchilarga hojatxonalarda bo‘lish, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, tibbiy yordam punkti xizmatlari, yo‘l davomida telefon va noutbuklarni quvvatlash xizmati, kutubxona, yo‘l davomida choy, ichimlik suvi, shakar bepul taqdim etiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda yangi dizel poyezdi sinovdan o‘tkazilishi, 2025-yilda avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini olish imkonini beruvchi yagona onlayn platforma ishga tushishi, bayram arafasi hamda ta’tilga oz qolganligi sababli aholining hamda talabalarning temir yo‘l transporti xizmatiga bo‘lgan talablari ortgani sabab yo‘lovchi poyezdlariga qo‘shimcha vagonlar ulanib, yangi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilayotgani haqida xabar berilgan edi

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan