O‘zbekistonda ish haftasida havo harorati nisbatan ko‘tariladi

Yakshanba kuni esa yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari sovuq tushishiga sabab bo‘lgan sovuq havo massalari ushbu hafta davomida respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi va havo harorati iqlim meʼyoriga yaqinlashadi, deb xabar bermoqda“O‘zgidromet”.
Prognozlarga ko‘ra, 10—13-dekabr kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13-dekabr kuni shimolda baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
14-dekabrda respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 10—14-dekabrda harorat kechalari 5-8 daraja sovuqdan 2-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqdan 9-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublika shimolida harorat kechalari 8-13 daraja sovuqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13—14-dekabrda ayrim joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda 10—13-dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-dekabrda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 6-8 daraja sovuqdan 3-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 0-2 daraja iliqdan 10-12 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga yana sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, havo harorati keskin pasayadi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan