O‘zbekistonda gaz zapravkalarga cheklov munosabati bilan birjaga chiqariladigan benzin ikki karra oshiriladi.

Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qayd etilishicha, benzin hajmi sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi. Buning uchun barcha hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.

Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilinadi. Isteʼmolchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.

“Shuni alohida taʼkidlash kerakki, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz taʼminlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan”, deyiladi xabarda.

Vazirlik xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘radi. Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda ishchi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan