O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi

Aktrisa “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlar va ko‘plab spektakllarda rol o‘ynagan.

Shafoat Rahmatullayeva uzoq yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sehrli qalpoqcha” kabi filmlar va ko‘plab spektakllarda rol o‘ynagan.
Avvalroq xonanda Manzura “Sevginator” filmida qaynonasi rolini ijro etgan aktrisa Shafoat Rahmatullayeva ayni paytda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida ekanligini aytib, kuzatuvchilaridan duo so‘ragan edi.

Shafoat Rahmatullayeva 1941-yilning 4-yanvarida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi Navbahor qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Muqaddasxon kolxoz raisi bo‘lgan. U o‘rta maktabni tugatgandan keyin pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirib, dastlab maktabda bir yil o‘qituvchi bo‘lib boshlang‘ich sinflarga dars bergan.
1963-yilda teatr va rassomchilik oliygohining musiqali drama fakultetiga o‘qishga kirgan. Turli yillarda ko‘plab spektakllar bilan bir qatorda, “Masxaraboz”, “Sevginator”, “Sevginator-2”, “Er bermoq — jon bermoq”, “O‘zimdan o‘zimgacha”, “Fidoyilar”, “Poyga”, “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib” kabi filmlarda suratga tushgan.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan