Ozarbayjon prezidenti aviahalokat yuzasidan Rossiyaga talablar qo‘ydi

“Bizni xafa qilgani va hayratga solgani shuki, Rossiya rasmiy tuzilmalari qandaydir gaz ballonining portlashi haqida taxminlarni ilgari surishdi”, dedi Aliyev.

Ozarbayjon aviahalokatni tekshirish bo‘yicha Rossiyaning davlatlararo qo‘mitasi taklifini rad etdi. Aliyev buning sababini quyidagicha izohladi.
“Rossiya tomoni bizga bu ishni Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi tomonidan tekshirishni rasman taklif qildi. Biz bundan qat’iyan voz kechdik. Sababi aniq, chunki bu institut asosan rossiyalik amaldorlardan iborat bo‘lib, uning tepasida rossiyalik fuqarolar turishi sir emas.
Bu yerda obyektivlik omillari to‘liq qanoatlantirilmasligi mumkin. Agar biz halokatdan so‘ng darhol Rossiya tomonidan ko‘rilgan adolatli va adekvat qadamlarni ko‘rganimizda, ehtimol, e’tiroz bildirmagan bo‘lardik. Ammo bu masalani yashirishga aniq urinishlar borligini ko‘rdik.Samolyotga tushgan “oskolka”larning yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga yetkazgan jarohatlari aniq. Buni qandaydir qushlarga yoki gaz ballonining portlashiga yo‘yish ham ahmoqlik, ham insofsizlik”, dedi Ozarbayjon prezidenti.
Rossiyaga qo‘yilgan talablar
“Biz Rossiya tomoniga o‘z talablarimizni aniq bayon qildik. 27-dekabr kuni bu talablar ularga rasman topshirildi. Ular nimadan iborat? Birinchidan, Rossiya tomoni Ozarbayjondan uzr so‘rashi kerak.Ikkinchidan, ular o‘z ayblarini tan olishi lozim.
Uchinchidan, ular aybdorlarni jazolashi, jinoiy javobgarlikka tortishiva Ozarbayjonga, jabrlangan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga tovon to‘lashi kerak — bu bizning shartlarimiz. Ulardan birinchisi kecha taqdim etilgandi. Umid qilamanki, boshqa shartlarimiz ham qabul qilinadi”, dedi Ilhom Aliyev.
U samolyot ataylab urib tushirilmagani, aybni tan olish, Ozarbayjondan o‘z vaqtida kechirim so‘rash va buni jamoatchilikka yetkazish amalga oshirilishi kerak bo‘lgan choralar ekanini aytdi.
Afsuski, dastlabki uch kun davomida Rossiyadan mantiqsiz versiyalardan boshqa hech narsani eshitmadik. Bizni xafa qilgani va hayratga solgan jihatlardan biri shundaki, Rossiya rasmiy tuzilmalari qandaydir gaz ballonining portlashi haqida taxminlarni ilgari surishdi. Ya’ni bu Rossiya tomoni masalani bostirishni xohlayotganini ochiq ko‘rsatdi va bu, albatta, hech kimga sharaf keltirmaydi” dedi siyosatchi.
Putin Aliyevdan uzr so‘radi 
29-dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan suhbat chog‘ida AZAL samolyoti bilan sodir bo‘lgan fojiali voqea uchun uzr so‘radi.
“Vladimir Putin fojiali hodisa Rossiya havo hududida yuz bergani uchun uzr so‘radi va qurbonlarning oila aʼzolariga yana bir bor chuqur hamda samimiy hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi Kreml xabarida.
Kremlning taʼkidlashicha, Ozarbayjon samolyoti Grozniy aeroportiga bir necha bor qo‘nishga uringan.
“O‘sha vaqtda Grozniy, Mozdok va Vladikavkaz Ukraina jangovar dronlari tomonidan hujumga uchragan va Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari bu hujumlarni qaytargan”, deyiladi bayonotda.
Qozog‘istondagi aviahalokat
Bokudan Grozniyga J28243 reysini amalga oshirayotgan Embraer 190 samolyoti 25-dekabr kuni ertalab Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida halokatga uchradi. Dispetcherlar Grozniy va Maxachqal’ada qo‘nishni rad etganidan keyin layner majburiy qo‘nishni amalga oshirishga urindi. Oqtov aeroportiga bir necha kilometr qolganda u qulab tushdi, portlab, yonib ketdi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan