Jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini «Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun» degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda.
Respublikada ommaviy tadbirlarni tashkiletishda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi organlariga yuklab belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 205-sonli va 2024-yil 13-fevraldagi“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash tizimini yanada takomillishtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 89/12-sonli hamda 2024-yil 12-sentyabrdagi “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarlarning oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi 569-sonli qaror talablari ijrosi joylarda to‘g‘ri bajarilmayotganligi oqibatida, fuqarolarning to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday ko‘rinishdagi tadbirlarning tashkilotchilari tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlarini xabardor qilmasdan turib (chora-tadbir belgilash yoki shartnoma tuzmasdan) o‘zboshimchalik bilan ommaviy tadbir o‘tkazish holatlari kuzatilib kelinmoqda.
Asos
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29-iyuldagi 205-sonli qarorining 5-bandi “Ruxsatnoma olgunga qadar ommaviy tadbirning tashkilotchisi va boshqa shaxslar ommaviy axborot vositalarida, Internet tarmog‘ida ommaviy tadbirning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish, reklama materiallarini tarqatish, ommaviy tadbirni o‘tkazish joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa tarzda tarqatish, chiptalar sotilishini amalga oshirish huquqiga ega emasligi, 6-bandi “tadbir tashkilotchilari uni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qilishi shartligi”;
-2024-yil 13-fevraldagi 89/12-sonli qarorning 1-qism, a-bandi “Ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan ommaviy tadbir o‘tkazishda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashga doir chora-tadbirlar tadbirning toifasidan kelib chiqgan holda Milliy Gvardiya yoki Ichki ishlar organlari tomonidan pulli xizmat ko‘rsatish asosida amalga oshirilishi belgilab berilgan” qaror talablariga to‘liq rioya qilish beligilab berilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishdafuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibinisaqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida” №360-sonli qaror 1-bandida “ommaviy tadbirlargafuqarolarni reklama, aksiya va boshqamaqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqamahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepultarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgannarxda sotish orqali jalb qilish taqiqlanganligi” ko‘rsatib o‘tilgan.
Boshqa yangilik
РОМИТАНЛИК ФЕРМЕРЛАР РЕЖАНИ ОРТИҒИ БИЛАН БАЖАРИШДИ…
Терим жараёнини уюшқоқлик билан ташкил қилган Ромитанлик ғаллакорлар, 27 июнь куни давлатга 19 минг тоннадан …