Metan «zapravka»lar bosqichma-bosqich ishga tushishni boshladi

O‘zbekistonda 30 yanvardan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklanishni boshladi. Gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab taxminan 2−3 kunda barcha metan «zapravka»lar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.
O‘zbekistonda 30 yanvardan boshlab ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Metan «zapravka»lar hozircha ma’lum grafik asosida ishlab turadi, gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab (taxminan 2−3 kunda) O‘zbekistondagi barcha shaxobchalar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq munosabati bilan metan «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.