“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni qishdayoq o‘z safiga qo‘shib olish niyatida

O‘zbekistonlik futbolchiga da’vogar APL klublari soni ortmoqda.

20 yoshli futbolchi ushbu mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda va hozirda bir necha APL klublari, jumladan “Lester”, “Nyukasl”, “Chelsi”, “Vest Hem” nazariga tushgan. O‘zbekistonlik futbolchi o‘z pozitsiyasida eng iqtidorli futbolchilardan biri sifatida qaralmoqda.
O‘z navbatida “Lans” klubi futbolchini 30 million yevrolik taklif tushgan taqdirdagina sotishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Muxlislar e’tirofiga ko‘ra, futbolchi Liga 1 ning birinchi davrasi ramziy jamoasiga kiritildi. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 12 million yevroga baholagan.
Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining “Eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topilgandi.
Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasining ham asosiy tarkibidan muqim joy egalladi. U hozirgacha 18 uchrashuvda milliy jamoa sharafini himoya qildi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan