Madaniyat vazirligi “Dunyo sadolari” festivali g‘oliblarini “anjanchasiga” kiydirdi

2023-yilda Andijonda milliy va jahon estrada yulduzlari ishtirokida o‘tkazilgan shov-shuvli “Dunyo sadolari” festivali doirasida Xonobod shahar Yoshlar markazida Madaniyat va turizm vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi tomonidan Yosh estrada xonandalari respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgandi.  Ana shu tanlov g‘oliblari hanuzgacha va’da qilingan mukofotlarni olmagani ma’lum bo‘ldi.

2023-yilda Andijonda milliy va jahon estrada yulduzlari ishtirokida shov-shuvli “Dunyo sadolari” festivali o‘tkazilgani yodingizda bo‘lsa kerak. Unda ko‘plab mashhur sanʼatkorlar, xususan, xonandalar Boney M va Doktor Albandan Otawan guruhigacha chiqish qilgandi. 

Festival doirasida Xonobod shahar Yoshlar markazida Madaniyat va turizm vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi tomonidan Yosh estrada xonandalari respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgandi. Unda 40 dan ortiq guruh va ko‘plab yakkaxon ijrochilar kuch sinashgan edi. Ana shu tanlov g‘oliblari hanuzgacha vaʼda qilingan mukofotlarni olgani yo‘q.

Qancha vaʼda qilingan edi?

G‘oliblar festivalning ochilish marosimida Madaniyat vaziri tomonidan tantanali taqdirlangan. Faxrli o‘rin g‘oliblariga diplom, statuetka va pul mukofoti (3-o‘rin — 10 million, 2-o‘rin — 20 million, 1-o‘rin — 30 million so‘m) taqdim etildi. Gran-pri sovrindori esa 40 million so‘m pul mukofoti, diplom, statuetka bilan taqdirlandi.

Tanlov NizomidanFoto: Skrinshot

O‘shanda tanlovda Toshkent shahridan ishtirok etgan Bobur O‘razaliyev uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. Sanʼatkorning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, oradan bir yarim yil o‘tgan bo‘lsa-da, berilishi lozim bo‘lgan pul mukofotidan darak yo‘q. Vazirlik hokimlikka, hokimlik esa vazirlikka to‘nkamoqda.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tanlov sovrindori Bobur O‘razaliyevni taqdirlash jarayoni

“Festivalda qatnashib uchinchi o‘rinni olganman. Buning uchun 10 000 000 so‘m pul mukofoti vaʼda qilingan. Afsuski, haligacha pulimizni ololmay sarson bo‘lyapmiz. Bu bo‘yicha Madaniyat vazirligi va Andijon viloyat hokimligiga bir necha marotaba, bundan tashqari, Prezident portali va prokuraturaga ham murojaat qilindi. Afsuski, hech qanday natija yo‘q.

Vazirlik masʼullari tanlov faqatgina Andijon viloyatida tashkil etilgani inobatga olinib, g‘oliblarni taqdirlash viloyat hokimligi tomonidan amalga oshirilishini bildirishdi. Hokimlikdagilar esa tanlov Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilganligini taʼkidlab, pul mukofotlarini vazirlik berishini aytib kelmoqda. Shunaqa sansalorlik bilan vaqtni o‘tkazishyapti”, — deydi Bobur O‘razaliyev.

Diyora Jafarova tanlovda chiqish qilmoqda

Samarqandlik Diyora Jaʼfarova Tanlov nizomida ko‘rsatilgan mukofoti miqdori bilan g‘olib va sovrindorlarga taqdim etilgan sertifikatda ko‘rsatilgan mukofot miqdoridagi tafovutga eʼtibor qaratgan.

Festival qatnashchilariga, yaʼni o‘rin olgan g‘oliblarga taqdirlash marosimida pul mukofoti berilishi kerak edi. Bu Nizomda ham yozilgan. Lekin, pul hech kimga berilmadi.

Haqida newsadmin

xabar berdi.

Boshqa yangilik

🥳BABY ERKATOY bolalar o’yingohiga marhamat‼️

👼Galaosiyo shahri markazida Baby bolalar ko’ngilochar dam olish o’yingohi borligini bilarmidingiz..?Unda bilib oling, bu erda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan