Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Ushbu lavozimni Alisher Muratov egalladi.

Alisher Muratov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tayinlovga qadar u 2023-yil oktyabridan Biznesni rivojlantirish bankida boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval 2020-yil avgustidan “Qishloqqurilishbank” raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga 2024-yil 23-sentyabridan Botir Zohidov rahbarlik qilib kelmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining yana bir o‘rinbosari — Ra’no Turdiboyeva ushbu lavozimda 2023-yil yanvaridan buyon ishlab kelmoqda.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan