Jinoyat uchun qidiruvda bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi 

Og‘rilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, u 1998-yilda tug‘ilgan Erkinova Gulruxxon Akmaljon qizi bo‘lib, 2020-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ushbu ayol Turkiya va O‘zbekiston IIV hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olinib, Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Bosh konsulxonaning bildirishicha, so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda tergov va suddan yashiringan ayrim shaxslarning Turkiya hududida yashirinishga urinishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy yordam tadbirlari doirasida bu kabi shaxslarga nisbatan jinoiy ta’qibni amalga oshirish yanada samarali ko‘rinishga ega bo‘lmoqda.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raldi.

Jumladan, birgina 2024-yilning 10 oyida javobgarlikdan qutulish maqsadida yillar davomida qardosh davlat hududida yashirinib yurgan 37 nafar ayblanuvchi qo‘lga olingan. Noyabr oyida yana qidiruvda bo‘lgan yana bir ayol  Turkiyada ushlanib, Toshkentga deportatsiya qilindi.

visitabudhabi.ae

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan