Isroil G‘azo sektoriga gumanitar yordam kirishini to‘xtatdi

HAMAS buni harbiy jinoyat deb atadi. Yahudiy davlati o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining birinchi bosqichi tugaganini e’lon qildi.

Isroil tomoniga ko‘ra, bunga asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichi yakunlangani va HAMAS AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha takliflarini qabul qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. G‘azoga har qanday tovarlarni yetkazib berish 2-mart kuni ertalabdan to‘xtatilgan.Falastinning HAMAS harakati Isroilning qarorini keskin qoralab, buni harbiy jinoyat va “o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga jiddiy zarba” deb atadi.Netanyaxuning (Isroil bosh vaziri) gumanitar yordamni o‘tkazib yuborishni to‘xtatish qarori shantaj, harbiy jinoyat va kelishuvga jiddiy zarba bo‘ldi, deyiladi HAMAS bayonotida.HAMAS vositachi mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatni “bosqinchilarga bosim o‘tkazish va G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq kishiga nisbatan jinoiy va axloqsiz amaliyotni to‘xtatish choralarini ko‘rishga” chaqirdi.Ta’kidlanishicha, Netanyaxuning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni buzgan holda AQSH takliflarini qabul qilgani haqidagi bayonoti muzokaralarning ikkinchi bosqichini boshlanishidan qochishga ochiq urinish bo‘lgan.Isroil hukumati AQSHning G‘azo sektorida ramazon oyi va yahudiylarning Pasxa bayrami (12-20-aprel) davrida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilgandi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu devonxonasi bayonotida aytilgan.Harbiy jinoyatchi Netanyaxu o‘zining fashist armiyasining 15 oydan ortiq davom etgan hujumlari

Isroil hukumati AQSHning G‘azo sektorida ramazon oyi va yahudiylarning Pasxa bayrami (12-20-aprel) davrida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilgandi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu devonxonasi bayonotida aytilgan.

Harbiy jinoyatchi Netanyaxu o‘zining fashist armiyasining 15 oydan ortiq davom etgan hujumlari bilan joylarda o‘rnata olmagan siyosiy voqelikni zo‘rlab o‘rnatishga urinmoqda. U o‘z ichki siyosiy manfaatlari yo‘lida kelishuvni buzib, asirlar va G‘azo tinch aholisining hayoti evaziga yangi inqiroz yaratishga intilmoqda, deydi HAMAS.G‘azodagi qariyb 17 oylik urush anklavning katta qismini vayronaga aylantirdi, 45 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi va uning deyarli barcha aholisi uchun og‘ir turmush sharoitiga olib keldi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Ички ишлар вазири ўзгарди(видео)

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Тошкент шаҳар ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи лавозимини эгаллаб келган …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan