
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan. Ayol bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim o‘rin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi barcha sohalarida, xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ma’rifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilyapti.


Buxoro tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Gender tenglik faoli” ko’rik tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.

Tumanimizda “Gender tenglik faoli” tanlovi uchun bir nechta tashkilot va korxonalarimiz komissiya a’zolari tomonidan gender tengligini ta’minlashda yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotganligi, ayollarimizga har tomonlama qulay sharoitlar yaratib berganligi uchun taqdirlandilar. Tanlovda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi 1-o‘rinni, Buxoro tuman 4-sonli umumta’lim maktabi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Barcha shartlardan namunali o‘tgan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi birinchi o‘rinni egallab viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Tanlov ishtirokchilari homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.