Davlat rahbari 2023-yil mart oyidagi yig‘ilishda ham pillachilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligini taʼkidlagandi.

Qonunga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.Uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi. Shuningdek, tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.2024-yilning fevralida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligi oshirilishi, aholiga pilla yetishtirish uchun subsidiya berilib, uni yetishtiruvchilar daromad solig‘idan ozod qilinishi aytilgandi. Prezident pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga qator topshiriqlar bergandi.Davlat rahbari 2023-yil mart oyidagi yig‘ilishda ham pillachilik salohiyatidan yanada keng foydalanish zarurligini taʼkidlagandi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

🥳BABY ERKATOY bolalar o’yingohiga marhamat‼️

👼Galaosiyo shahri markazida Baby bolalar ko’ngilochar dam olish o’yingohi borligini bilarmidingiz..?Unda bilib oling, bu erda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan