
2023-yilning 1-mart kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshiralayotgan “Ingliz tilini o’rganish uchun mikrostipendiya (Access) dasturi” doirasida ingliz tilini o‘rganayotgan bir guruh o‘rta maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi. 2022-yil noyabr oyida O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetida (O’DJTU) ochilgan ikki yillik Access dasturi kam ta’minlangan oilalardagi zukko o’quvchilarga maktabdan keyingi darslar va yozgi intensiv mashg‘ulotlar orqali ularning ingliz tilini takomillashtiradi va Qo’shma Shtatlar haqidagi bilimlarini oshiradi. Davlar kotibi Blinken 14-16 yoshdagi 12 nafar o’quvchilar bilan uchrashib, ularning AQSh bayramlari, Prezident kuni haqida o‘rganganlarini hamda sevimli filmlari, taomlari va sevimli mashg‘ulotlari haqidagi savollarga javob berish qobiliyatlari bilan tanishdi. AQSh elchixonasi Oʻzbekiston boʻylab 700 dan ziyod o’quvchilarni qamrab olgan 17 ta Access dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi.


Davlat kotibini rektor vazifasini bajaruvchi Baxrom Qulmatov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Alisher Abidjonov va Access koordinatori Gulnoza Radjabovalar kutib oldilar. So’ng ular Access dasturi o‘qituvchisi Viktoriya Raxmanova va Fulbrayt ingliz tili o‘qituvchisi (ETA) Assistenti Ashley Leyn dars berayotgan sinfga kirdilar. Ashley Leyn AQSH universitetini yaqinda bitirgan va hozirda u oʻzbekistonlik ingliz tili oʻqituvchilariga yordam berayotgan va Oʻzbekiston boʻylab universitet sinflarida AQSH madaniyati haqida suhbatlar olib borayotgan 14 nafar ETA assistentlaridan biridir.
Davlat kotibi Blinkenning O’DJTUga tashrifi AQSh hukumatining O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish va o‘rganishni yaxshilashga qaratilgan ulkan sa’y-harakatlarining bir qismini namoyish etdi. Prezident Mirziyoyevning ingliz tilini oʻrganish va uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish borasidagi islohotlar tashabbusiga muvofiq 2018-yildan beri AQSh hukumati Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitish va oʻrganishga 25 million dollardan ortiq sarmoya kiritdi. Ushbu mablag’ tufayli hozirda butun mamlakat bo’ylab 10000 maktab yuqori sifatli ingliz tili darsliklari bilan ta’minlandi; English Speaking Nation (ESN) dasturi doirasida o’qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish orqali 15 000 nafar o’rta maktab ingliz tili o’qituvchilarini tayyorlash uchun amerikalik ingliz tili bo’yicha murabbiylar jalb qilindi; shuningdek o’qitish va o’rganishni takomillashtirish uchun maktab sinflarida amerikalik ingliz tili o’qituvchilari yordam bermoqda.