BUXORODA SEMINAR TRENING: Iqlim o‘zgarishi ta’sirini iqtisodiy baholash va moslashish jarayonida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash

Sana: 21-fevral, 2023-y., Buxoro viloyati, Buxoro sh.

Tashkilotchilar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Yashil Iqlim Jamg’armasivaO’zgidromet bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda iqlim o‘zgarishiga eng zaif bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalarga mo‘ljallangan Milliy Moslashuv rejasi” loyihasi.  

O‘zbekiston Respublikasi uchun iqlim o‘zgarishi masalasi dolzarbligicha qolmoqda, chunki yil sayin iqlim o‘zgarishi sezilarli bo‘lib, iqlimga bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarlar – issiqlik va sovuq to‘lqinlar, shuningdek, ularning davomiyligi, kuchli yog‘ingarchiliklar ko‘payib bormoqda. Sel, toshqin xavfi va qor ko‘chkilarining paydo bo‘lishi, ko‘pincha hosilning yo‘qolishi, qurg‘oqchilik va suv tanqisligi, tuproqning yemirilishi va chang bo‘ronlari va boshqalar. Bularning barchasi bevosita ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmaga, atrof-muhitga, aholi turmush farovonligi va salomatligiga ta’sir qiladi.

Iqlim o‘zgarishiga moslashish davlat boshqaruvining barcha darajalarida va respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida rejalashtirishning umumiy va zarur tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Moslashuvni milliy rejalashtirish iqtisodiyot tarmoqlarining iqlim o‘zgarishi ta’siriga zaifligini baholashga, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni hisobga olishga, moslashuv tadbirlarini moliyalashtirish muammolarini hal qilishga yordam beradi.

2023-yil 21-fevral kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini iqtisodiy baholash va ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari aynan shu masalaga bag‘ishlandi. Trening «O‘zbekistonda moslashuvning o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi» loyihasi doirasida tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: Loyiha Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet), Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda Yashil iqlim jamg‘armasi (GCF) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda. Muddati: 2020-2023 yillar. Maqsadli hududlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatlari. Asosiy tarmoqlar: qishloq va suv xoʻjaliklari, sogʻliqni saqlash, uy-joy qurili va tabiiy ofatlarni boshqarish. Maqsad: milliy moslashuv rejasini ishlab chiqish va iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini ishlab chiqishda institutsional va texnik salohiyatini oshirish.
 
               Treningda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Buxoro viloyati bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Suv ho‘jaligi vazirligi Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-jo‘y kommunal ho‘jaligi vazirligi Buxoro viloyati bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi, Buxoro viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi. 
               Moslashuv chora-tadbirlarini baholash iqtisodiy, ekotizim va ijtimoiy xarajatlar va foydalarni, shuningdek, moslashuv chora-tadbirlarining aholiga, iqtisodiyot tarmoqlariga va atrof-muhitga ko‘zda tutilmagan (ijobiy yoki salbiy) ta’sir qilish imkoniyatlarini hisobga olishga qaratilgan. Moslashuv xarajatlari va foydalarining ishonchli hisob-kitoblari byudjetlashtirish va aralashuvlarning pul qiymatini baholash uchun asos bo'ladi. 
               Moslashuv tadbirlarini iqtisodiy baholash va ustuvorliklarni belgilash uchun tegishli vositani tanlashda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan asosiy masalalar quyidagilardan iborat:
-        Har bir moslashuv chorasining xarajati va foydasi qanday? Barcha xarajatlar va imtiyozlarni ajratish va hisoblash (pul ko‘rinishida o‘lchash) mumkinmi?
-        Moslashuv choralarini qanday qilib eng yaxshi tarzda amalga oshirish mumkin va natijaga erishish uchun qanday shartlar mavjud?
-        Moslashuv va rivojlanish imkoniyatlari o‘rtasidagi birgalikdagi manfaatlarni pul ko‘rinishida aniqlash va o‘lchash mumkinmi?
               Loyihaning milliy ekspertlari jahon tajribasi, O‘zbekistonning iqlimiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini o‘rganish asosida iqlim o‘zgarishiga moslashuv choralarni iqtisodiy baholash va ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.
               Trening davomida ishtirokchilariga iqlim o‘zgarishiga moslashish choralari va uning oqibatlari haqida ma’lumotlar berildi, ustuvor yo‘nalishlarni tanlash mezonlari tahlil qilindi. Jumladan, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida foyda-xarajat tahlili, rentabellik usuli, ko‘p mezonli tahlil, investitsiya tahlili usullari ko‘rib chiqildi. 
               Shuningdek, trening ishtirokchilari atrof-muhitni tartibga solishning huquqiy asoslari va imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ekologik va iqtisodiy rag‘batlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani ko‘rib chiqqach, biz iqlim o'zgarishiga moslashish bo'yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish va byudjetlashtirish qanday amalga oshirilayotganini o'rgandik va muhokama qildik. 
               
 
 

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Ички ишлар вазири ўзгарди(видео)

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Тошкент шаҳар ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи лавозимини эгаллаб келган …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan