Hurmatli fuqarolar!
Savdo va xizmat ko‘rsatish sub’ektlarida xaridingiz uchun sotuvchilardan QR-kodli xarid chekini olishni unutmang.
XO‘SH, XARID CHEKI NIMA UCHUN ZARUR?
Birinchidan,
xarid chekini talab qilish orqali soliqlarning davlat byudjetiga to‘liq va o‘z vaqtida undirilishini ta’minlashga hamda shu orqali esa yurtimizni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shasiz.
Ikkinchidan,
xarid cheki huquqingizni poymol qilinishini oldini oladi.
Uchinchidan,
QR-kodli xarid chekini
“Soliq.uz” (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile)
ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazib 1 foiz miqdorida keshbekka ega bo‘lasiz.
Chek berilmasligi holatiga duch kelsangiz
Soliq (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile) mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llashingiz mumkin.