Boks. Shahobiddin Zoirov professional boksda ilk bor mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschiga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qildi.

Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida Rio Olimpiadasi g‘olibi, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahobiddin Zoirov ringga ko‘tarildi. 
O‘zbekistonlik bokschiga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qildi. 
Eng yengil vazn toifasida tashkil etilgan 10 raundlik jang IBA Pro tasnifidagi chempionlik kamari uchun tashkil etildi. 

Venesuela vakili Yoel Finolga (5-0) qarshi jang to‘liq 10 raund davom etdi va hakamlar ochkolar soniga (95:95, 94:96, 94:96) ko‘ra venesuelalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi. 
Avvalroq IBA rahbari mazkur jangning 5-raundigacha nokaut orqali g‘olib bo‘lgan bokschi 1 mln dollarlik mukofot puliga ega bo‘lishini xabar qilgan edi. Endilikda ushbu bonus hech bir bokschiga berilmaydigan bo‘ldi.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

🥳BABY ERKATOY bolalar o’yingohiga marhamat‼️

👼Galaosiyo shahri markazida Baby bolalar ko’ngilochar dam olish o’yingohi borligini bilarmidingiz..?Unda bilib oling, bu erda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan