✅“TELERADIOKOMPANIYA ZO‘R” MChJ (Zo‘r TV) hamda Saran Media International Limited (Malta) kompaniyasi o‘rtasida 2024-yilning 14-iyunidan 14-iyuligacha bo‘lib o‘tadigan “Yevro-2024” futbol musobaqalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish bo‘yicha litsenziya shartnomasi tuzilgan bo‘lib, ushbu shartnomaga muvofiq “TELERADIOKOMPANIYA ZO‘R” MChJ “Yevro-2024” futbol musobaqalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatish huquqiga ega.
✅O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʼgʼrisida”gi Qonunining 52-moddasiga ko‘ra efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot ko‘rsatuv yoki eshittirishlarni hamda ularning yozuvlarini tarqatish, barchaning eʼtiboriga yetkazish, efirga uzatish, omma oldida namoyish qilish kabi harakatlarni amalga oshirish yoki bunday harakatlarga ruxsat berishda mutloq huquqqa ega hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ko‘rsatuv yoki eshittirishlarni efirga uzatish va kabel orqali yuborishni (retlantsiya ham kiradi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko‘rsatuv yoki eshittirishidan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin (Qonunning 45-moddasi).
✅Qonunning 62-moddasiga ko‘ra huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan turdosh huquq obyektlarini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish turdosh huquqlarini buzish hisoblanadi.
✅O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-1-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hurmatli hamshaharlar futbol musobaqalari o‘tkaziladigan vaqtda ularning noqonuniy efirga uzatilishi, kafe, restoran va boshqa ommaviy joylarda huquq egasining ruxsatisiz omma oldida namoyish etilishidan yiroqda bo‘ling.
Boshqa yangilik
Ички ишлар вазири ўзгарди(видео)
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Тошкент шаҳар ички ишлар бош бошқармаси бошлиғи лавозимини эгаллаб келган …