Sochi – Buxoro – Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar Sukhoi Superjet 95 samolyotida haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Foto: Uzbekistan Airpors
30 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Rossiyaning Azimut aviakompaniyasining Sochidan uchgan samolyoti «Buxoro» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
An’anaga ko‘ra, ekipaj va yo‘lovchilar karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.
Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar Sukhoi Superjet 95 samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Azimut aviakompaniyasi Mineralniye Vodidan Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro xalqaro aeroportlariga, Farg‘ona va Namanganga esa charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rossiya aviatashuvchisi Toshkent va Samarqandni Moskvaga muntazam qatnovlar bilan bog‘lagan.
Azimut — Rostov-Don va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi.