Abduqodir Husanov uchun kurashga “Real Madrid” ham qo‘shildi

Futbolchi uchun “qirollik klubi”ning bosh skauti qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” uchun raqobatbardosh markaz himoyachini tarkibga qo‘shish juda muhim masala bo‘lib qolmoqda. Shu sababli klub transfer bozorida Karlo Anchelotti jamoasini kuchaytira oladigan futbolchini izlamoqda. Bu vazifani klubning bosh skauti amalga oshirish niyatida.

Defensa Central ma’lumotlariga ko‘ra, skaut Xuni Kalafatning diqqat markazida 20 yoshli Abduqodir Husanov bor. “Lans” safida to‘p surayotgan bu markaziy himoyachi Yevropaning bir qancha top-klublarini hayratga solmoqda. “Manchester Siti” ushbu transfer bo‘yicha raqobatchilarni ortda qoldirish uchun harakatni boshlagan. 

Futbolchining vakili G‘ayrat Xasbiullin esa bu borada oxirgi yangiliklarni ma’lum qildi.
“Abduqodir o‘z pozitsiyasida Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri ekanini allaqachon isbotladi. U yosh va har kuni kuchayib bormoqda. U Yevropaning eng yaxshi klublarida o‘ynashga loyiq. Bizning “Lans” bilan juda yaxshi munosabatlarimiz bor, klub ham futbolchi uchun eng yaxshi tanlovni amalga oshirish tarafdori. Agar transfer muvaffaqiyatli amalga oshsa, klub yosh futbolchiga ishonch bildirgani uchun munosib mukofot oladi”, dedi Xasbiullin AS gazetasiga bergan intervyusida.
Futbolchi taxminan 20 million yevroga baholanmoqda. “Lans”ning asosiy o‘yinchisi bo‘lgan o‘zbek futbolchisi “PSJ” hamda APLning bir nechta top klublari e’tiborini ham jalb qilgan. Ko‘rinishidan, bu keskin kurash “Manchester Siti” va “Real Madrid” o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

Haqida newsadmin

Boshqa yangilik

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ayubov Shukurllo Hamroyevich Buxoro viloyati Favqulodda …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan